1. Orqasiga qayirib, himarib, yuqoriga ko‘tarmoq (kiyim yoki uning biror qismi haqida). Ular [Ergash bilan Odil] yirtiq ishtonlarini tizzagacha shimarib, suv kechishadi, har bir tosh tagiga qo‘l tiqib, baliq qidirishadi. H. Ahmar, Kim haq? ▬ Pochani shimarmoq. Qayirsam — etagim, shimarsam — yengim. Maqol — Bo‘ron to‘xtagach, undan ham yaxshi ishlayapmiz, — dedi Bekbo‘ta bilaklarini shimarib. Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
1. yeng shimarmoq: biror yumushni bajarishga taxt bo‘ldi, biror ishni qilishga otlandi