1. 1. Narsaning sirtidan, tanadan uni o‘rab turuvchi teri, po‘st kabi qoplamini ajratmoq.
Daraxtning po‘stlog‘ini shilmoq. Quyonning terisini shilmoq.
▬
Tojiddin Qosim xushbo‘y bananlarning oltin po‘stlarini ildam shilib, birmuncha yedi.
Oybek, Nur qidirib
Ko‘chaning u yuzida, lab va burniga qon sachragan ayiqdek bir qassob, yangi so‘yilgan qo‘yning terisini zo‘r berib shilardi.
P. Tursun, O‘qituvchi
2. 2. Uzib yoki yulib olmoq, ko‘chirib yubormoq, qattiq tirnamoq.
Bilmay yaramni shilib yuboribman.
▬
Mana bu yerimni Lyublin-da o‘q shilib ketdi.
A. Ubaydullayev, Qonli izdan
3. 3. Achishtirib yalab ketmoq; terisini yeb, o‘yib yubormoq.
Ohak qo‘limni shilib yubordi. Qalampir ichimni shilib ketdi.
▬
Sirka ichgandagidek qornini shilib yubordi.
Oybek, Quyosh qoraymas
4. ko‘chma hma Aldash yoki zo‘rlik bilan boshqaning bor-yo‘g‘ini o‘ziniki qilib olmoq, talamoq; o‘g‘irlamoq.
Boylar kambag‘allarni shilardi. Savdogar xaridorlarni shiladi.
▬
— Otam qarib, yo‘lda horib qolgan chol edi. [Qaroqchilar] Uni bir zumda yotqizib, yonidagi bor pulini shilib olishdi, — dedi Hoji xola.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
O‘g‘ri, bandit! Ertaga hamma yoqni shilib qochadi.
A. Muxtor, Tug‘ilish