1. 1. Jismoniy zarar, lat.
Shikastni tuzatmoq.
▬
[Bektemir] Suyak shikast topmagan sog‘ qo‘l bilan yarani, qiyin bo‘lsa ham, puxta bog‘ladi.
Oybek, Quyosh qoraymas
[Po‘latjon domla:] Tuvakda bir tup gul o‘stirgan odam shu gulning biron yaprog‘iga shikast yetsa, qanchalik achinadi!
A. Qahhor, Og‘riq tishlar
2. 2. Narsaning zararlangan, buzilgan, singan, lat yegan joyi.
Mashinani qiyalik chetidan olgach, u yoqqa o‘tdi, bu yoqqa o‘tdi, tupurdi, so‘kindi, shikastni topolmadi. A.
Muxtor, Tug‘ilish
Madrasa hujralarining shikasti tuzatilib bitmagani uchun, men ko‘p shogirdlar singari, kvartirada turib, qatnab o‘qidim.
M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
3. ko‘chma hma Ziyon-zahmat, zarar.
Arabboy ko‘pchilik kulgisidan bir oz izza tortdi. Lekin u obro‘siga shikast yetgan katta bir shaxs kabi kibrona bo‘zardi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Yosh bolalarni o‘z erkiga qo‘yib berish ularning tarbiyasiga jiddiy shikast yetkazadi.
N. Safarov, Olovli izlar