Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shiddat}
So‘z bo‘g‘inlari: shid-dat
Izoh(lar)i:
shiddat ot

1. 1. Harakatdagi narsalarning, hodisalarning intensiv kuchi, yuqori kuch va sur’at. Shamol shiddati. Yomg‘ir shiddati pasaydi. Shiddat bilan hujum boshlamoq. Terim shiddati zo‘raygandan zo‘rayib bormoqda. Gazetadan
Nabi-jon qiz tovushining shiddatidan taajjublanib uning ko‘zlariga qaradi. H. G‘ulom, Zamin yulduzlari
Shernazarboyning shiddati zo‘rayib, qal’ani battarroq to‘pga tuttirdi. J. Sharipov, Xorazm
Tomlarda, daraxtlarda qor ancha qalinlashgan. Yana shiddat bilan yog‘ishda davom etadi. Oybek, Tanlangan asarlar

2. 2. Zo‘r g‘ayrat, shijoat. Kun o‘tdi, kun ketidan kun keldi, lekin tog‘ qazuvchilar shiddati zarracha ham bo‘shashmadi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Chu! — deb shiddat beradi G‘irko‘k tulpor otiga. Hay attang, deb mard Hasan Shart uradi soniga. Ravshan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.