Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sheva}
So‘z bo‘g‘inlari: she-va
Izoh(lar)i:
sheva ot

1. tlsh. sh. Umumxalq tilining ma’lum hududga xos tarmog‘i, mahalliy til. O‘zbek tilining Farg‘ona shevasi. O‘z qavmlari va asl o‘zbeklar bo‘lmish qamishkapaliklarni [domla] Turli shahar va qishloqlardan kelganliklari turlicha kiyim va shevalaridan bilinib turgan yosh-yosh yigit-qizlar konferens-zalning ichi-sirtini to‘ldirib yuborgan edi. P. Qodirov, Uch ildiz
dag‘al nom bilan tahqir qilar va ularning shaharliklarnikidan anchayin farqli bo‘lgan sheva tillarini masxaralar edi. P. Tursun, O‘qituvchi

2. ayn. yn. Til 3. Afandi demak — O‘zbek shevasida she’r o‘qilarkan, Qalblarning qa’rida hislar uyg‘onar. Vatan maqtovlari kirib quloqqa, Zal chay-qalar — odam to‘pi to‘lg‘anar. S. Akbariy
turk shevasida muallim demakdir. H. G‘ulom, Mash’al

3. kam qo‘ll. ll. So‘z. Seni ham domiga tortmoq bo‘ladi Sevgi deb atalgan bu eski sheva. G‘. G‘ulom
Bosh egib tonglardan tonglargacha to Vijdon shevasiga tashbih izlaymiz. R. Parfi

4. kt. kt. 1 Noz-karashma, ishva. Bir sheva bilan jonon devona qilib ketdi, Aqlimni sochib har yon, mastona qilib ketdi. Hamza
Bir qiz keldi sheva bilan, Necha g‘amza, jilva bilan. Nurali

5. 2. Odat, ravish, yo‘sin; qonun-qoida, yo‘l-yo‘riq. Kamtarinlikni, Habibiy, sheva qil, Ham muloyim bo‘l momiq parqu kabi. Habibiy
Charxi kajraftorning bir shevasidan dog‘men: Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadur. Furqat

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. sheva I Ot
noz-karashma; qonun, ish

2. sheva II Ot
tilning mahalliy doiradagi ko‘rinishi

Paronimi: mavjud emas.

Dialektologiya – umumxalq tilini tashkil etgan sheva va lahjaning fonetik, leksik va grammatik xususiyati, tarqalish doirasini o‘rganadi. Milliy tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishida shevalarning tutgan o‘rni, milliy tilga asos bo‘lgan shevalar aniqlanadi. Shevalararo, shuningdek, adabiy til va qardosh tillar bilan munosabati tekshiriladi. Dialektologiya shevalarning tarqalish chegaralariga ko‘ra tasviriy dialektologiya va tarixiy dialektologiyaga bo‘linadi. Tasviriy dialektologiya mahalliy lahja va shevalarning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi, leksik tarkibini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Tarixiy dialektologiya tilning dialektal xususiyatlarini qayd qilish bilan birga, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va shakllanish tarixini o‘rganadi. Dialektologiya tilning grammatik, leksik, orfografik va orfoepik me’yorlarini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Dialektologiya tilshunoslik, etnografiya, folklor va boshqalar bilan aloqada rivojlanadi. G‘ozi Olim Yunusov, A.K.Borovkov, Sh.Shoabdurahmonov va boshqalar o‘zbek dialektologiyasi taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan.

 

Sheva – faqat muayyan hududga xos ayrim belgini o‘zida namoyon qilgan til shakli.Dialekt so‘zi gohida sheva, gohida lahja atamasi o‘rnida keladi: Toshkent dialekti (shevasi), qipchoq dialekti (lahjasi) kabi. Adabiy til lahja va sheva negizida umumlashtirish, qat’iy me’yorni ishlab chiqish yo‘li bilan hosil qilinadi va undan oziqlangan holda muttasil rivojlanib boradi. Shuning uchun adabiy til xalq shevasidan uzilgan emas. Adabiy til uchun sheva boyishning ichki manbasi hisoblanadi.

Adabiy til shevadan, shuningdek, bir lahja ikkinchi lahjadan, bir sheva boshqa shevadan fonetik, leksik va grammatik jihatdan ozmiko‘pmi farq qiladi.

Fonetik farq deganda tovush jihatidan (pabrika– fabrika, man – men, jila – yig‘la kabi), leksik farq deganda so‘z jihatidan (kallapo‘sh – do‘ppi, go‘sala – buzoq kabi), grammatik farq deganda so‘z shakli yoki qo‘shimchadagi (borayapti – borvotdi – borutdi kabi) farqlanish tushuniladi.

Shevaning faqat og‘zaki shakli mavjud.

            Shevaga xos so‘z.Ma’lum bir hududda yashovchi kishilar nutqiga xos so‘z shevaga xos so‘z deyiladi: kallapo‘sh (Buxoro) – do‘ppi, g‘o‘z (Xorazm) – yong‘oq, mishiq (Farg‘ona) – mushuk, poku (Samarqand) – ustara.

Sheva so‘zi fanda dialektizm deb ham yuritiladi.

Badiiy adabiyot va kinofilmda mahalliy ruhni aks ettirish, asar qahramoni nutqini aniq berish maqsadida shevaga xos so‘zdan foydalaniladi.    

Ayrim so‘z adabiy tilda boshqa, shevada boshqa ma’noda ishlatiladi. Mas., pashsha so‘zi adabiy til lug‘atida «yozgi qo‘sh parda qanotli hasharot» deb izohlangan. Biroq ayrim shevada u chivin so‘zi o‘rnida ishlatiladi. Ajal yetmay o‘lmas Boysunning xoni, Besabab chiqmaydi chivinning joni («Alpomish») gapidagi chivin so‘zi kunduzi uchadigan qo‘ng‘ir-qora tusli mayda hasharotni ifodalasa, Atrofda g‘uv-g‘uv pashsha: oyoqlarga yopishadi, burun kataklariga suqiladi, quloqni uzadi (Oybek) gapida pashsha so‘zi mazkur hasharotning atamasi. Yoki irkit leksemasi abadiy tilda «kir, iflos» degan ma’no bilan qo‘llansa, ayrim shevada «ayron xalta», boshqasida esa «beo‘xshov, qo‘pol ko‘rinishli» ma’nosiga ega.

Sheva so‘zini uning adabiy tildagi muqobiliga sinonim sanamaslik lozim.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.