1. 1. Biror ish-harakatni birga bajaruvchi; hamkor.
Ahmadjon sherigi bilan granatalarni chog‘lab, hayot-mamot paytini kutib turishdi.
A. Qahhor, Oltin yulduz
[Qodirqul:] Jim, ahmoq! Boyning bultur kuzak bir qashqa oti yo‘qolgan. Ikki ming so‘m puli saroydan o‘g‘irlangan. Shularni ham sen o‘g‘irlagansan. Gapir, sheriklaring kimlar? Hamza,
Boy ila xizmatchi
Do‘smatov tuproqni kanal o‘zanidan chekkaga otib berar, sherigi esa nariga itarardi.
O‘zbekiston qo‘riqlari
2. 2. O‘zaro birga bo‘lgan shaxs, birga holatdagi shaxs (birga turgan, birga yurgan va hokazo).
Ikki kishilik palataga joylashdik. Sherigim betlari qip-qizil, o‘siq qoshlariga bitta-ikkita oq tushgan bir kishi edi.
N. Aminov, Qaltis hazil
Uzunrog‘i to‘xtadi, sherigi yugurgilab keldi
S. Siyoyev, Yorug‘lik
3. 3. Biror jihatdan, qaysidir jihat bilan o‘zaro birga (birgalikda) bo‘lgan ikki shaxs yoki shaxslar; og‘ayni, do‘st va shu kabilar shaxslar.
Ravshan tushlikda sho‘rvaga navbat oldi. Sheriklari tandirdan yangi uzilgan somsani stolga uyib, jam bo‘lishib, Ravshanni kutib turishdi.
Yoshlik
Avaz sheriklari bilan daxma eshigidan chetroqda turibdi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
4. 4. Biror narsaga bir xilda talabgor, bir tan bo‘lgan shaxs.
Xullas, ikki gruppaga bir xilda xizmat qilganim uchun, unisi g‘olib chiqsa ham, bunisi g‘olib chiqsa ham, mukofotga sherikman.
X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Bu yerdan bir qop oltin topib oldim. Sherik bo‘laman desang, chiq!
O. Yoqubov, Izlayman
5. s. t. t. (faqat 3-shaxs birlik shaklida — sherigi) Bir xil yoki bir juft narsalarning har biri.
Bu tuflining sherigi qani?
▬
Bu qo‘yni olib borib, sherigi bilan yana bir-ikki oy boqing
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari