Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {she’riyat}
So‘z bo‘g‘inlari: she’-ri-yat
Izoh(lar)i:
she’riyat ot

1. 1. She’riy asarlar majmui; poeziya; she’r yozish san’ati. Navoiy yashagan davr she’riyati. Kuylandi el tilagi baxshi sozida, She’riyatning eng dilkash, eng tannozida. Uyg‘un. Hamza bo‘ldi menga har qachon She’riyatda yaqin ustozim. X. Saloh

2. ko‘chma hma O‘ziga maftun qiladigan, oliy his-tuyg‘u uyg‘otadigan narsa; o‘ta go‘zallik, nafosat. Otabek va Kumush ishqlarida samimiyat, yana to‘g‘risi, she’riyat bor edi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Qora dengiz, ham she’riyating, Ham jangovar ko‘rinishing bor. Uyg‘un
Bahorlar haqida kuylamoq oson, Yozning she’riyatin topa bil, shoir. M. Shayxzoda

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.