Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {she’r}
So‘z bo‘g‘inlari: she’r
Izoh(lar)i:
she’r ot

1. Ma’lum vazn va qofiyali kichik badiiy asar. Aruz vaznidagi she’r. Barmoq vaznidagi she’r. Lirik she’r. Erkin she’r. G‘afur G‘ulom she’rlari. Xat konvertga tushayotganda, Normat uning oxiriga yana ikki misra she’r yozib qo‘ydi. I. Rahim, Chin muhabbat
Yurtim, senga she’r bitdim bu kun, Qiyosingni topmadim aslo. A. Oripov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: ash’or [a]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: sher – [f] Sut emizuvchi yirik yirtqich hayvon, arslon; azamat.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.