1. din. in. Odamlarni din yo‘lidan ozdiruvchi, ularni gunohga, jinoyatga, razolatga boshlovchi yovuz ruh yoki yovuz ruhlarning boshlig‘i; iblis.
Ey ulug‘ shoh, bu yo‘ldan qayt, shayton vasvasasiga uchma, keyin pushaymon bo‘lib yurma
Oltin beshik
Boyni ham shayton yo‘ldan urgan.
K. Yashin, Hamza
Ibodat qilmaslik umuman gunoh emas, lekin ibodat qilmagan kishi, shaytonning gapiga kirib qilmagani uchun, gunoh hisoblanadi.
A. Qahhor, Qabrdan tovush
— Obbo, qizitaloq. Shaytonning domlasi ekan-a! Zakunchilarning ko‘pi shunaqa bo‘ladi, — dedi Tantiboyvachcha papirosini tortib.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. ko‘chma hma Ayyor, quv odam; aldamchi.
Anavi magazinchi bor-ku. O‘lgudek shayton
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
3. ko‘chma hma Sho‘x, o‘ynoqi.
— Ha, shayton qiz, — dedi O‘rinboy, — shu yerda ham qo‘ymaysan-a? Oy-din, Kelin o‘g‘il tug‘ibdi.
▬
Qiz bola shayton bo‘ladi-da, tavba, bo‘y-basti cho‘zilib, rostdan ham, suqsurdek qiz bo‘libdi. Sh. Toshmatov,
Erk qushi
Bizning Avazga o‘xshagan bitta shaytonrog‘i Yigirma oltinchisi otilmasin! deb qiyqiradi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik