Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shaxt}
So‘z bo‘g‘inlari: shaxt
Izoh(lar)i:
shaxt ot

1. 1. Biror ish-harakatni bajarishga intilish, berilish holati, darajasi. Mamat polvon, deyman, yutqizgan kishiday shaxtingiz past. S. Anorboyev, Mehr
Hozir 10-brigadada o‘zi mashina haydayapti. Shaxti durust. Qahramonnoma
Uning shaxtin bukolmas Na issiq va na sovuq. Q. Muhammadiy
Sen o‘zing ham oynaga qara-chi, qirchillama shaxting qolmagan Shukrullo, Umrim boricha
Daydi shamol endi shaxtidan qaytib, daraxt yaproqlarini mashaqqat bilan tebratmoqda. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
Haydar tezda shaxtidan tushdi, atrofga qayg‘uli va parishon boqdi. Oybek, Navoiy

2. rvsh. sh. Birdan, shartta, dadil. [Umarqul] Bir minutlar chamasi yotib qoldi. Birdaniga yuragi hovliqib, shaxt o‘rnidan turib, yo‘lga tushdi. O. Husanov, Qo‘shiqchining taqdiri
Naimiy nima bo‘lsa bo‘ldi, deganday shaxt ko‘tardi, lekin qo‘li qaltirab, vinoning yarmi to‘kildi. A. Muxtor, Opa-singillar
G‘ofir mashinadan shaxt tushib, katta ko‘k darvozaga yaqinlashdi va knopkani bosdi. Q. Maqsumov, Muhabbat qo‘shig‘i

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: tez I
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: shahd – [a] esk. Asal, bol.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.