Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shaxsiy}
So‘z bo‘g‘inlari: shax-siy
Izoh(lar)i:
shaxsiy sf

1. Shaxsning o‘ziga tegishli bo‘lgan, shu shaxsning o‘zi foydalanadigan; xususiy, o‘z. Shaxsiy mulk. Shaxsiy kutubxona. Shaxsiy javobgarlik. Shaxsiy manfaatlarni jamoat manfaatlari bilan birga qo‘shib olib bormoq. Har birimizning jamoat, davlat ishidan tash-qari, shaxsiy yumushlarimiz bor. N. Safarov, Olovli izlar
Har bir yozuvchining mehnatga, hayotga, oilaga, kishilarga o‘zining shaxsiy munosabati bo‘ladi. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

 

Shaxsiy munosabat shakliotlardagi so‘zlovchining turli shaxsiy munosabatlari, achinish, erkalash, ulug‘lash kabilarni bildiruvchi shakl. Bunday shakllarga otning shaxsiy munosabat shakllari deyiladi. Quyidagi shakllar bilan hosil qilinadi:

jon: ukajon, oyijon, Po‘latjon.

xon: Azizxon, Halimaxon, ukaxon, akaxon.

oy: Salimaoy, kelinoy.

loq/aloq: bo‘taloq, qizaloq.

gina/kina/qina: ukaginam, buviginam.

boy: Haydarboy, Shuhratboy.

bek: Salimbek, Muxtorbek.

jon, xon, boy, bek birligi kishi ismining ajralmas qismiga aylanganda lug‘aviy shakllikdan chiqadi: Nurboy Jabborov, Muhammadxon Abdullayev, Mamajon Dadajonov, Tursunoy Oxunova, Nurxon, O‘g‘iloy.

 

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.