Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shaxmat}
So‘z bo‘g‘inlari: shax-mat
Izoh(lar)i:
shaxmat ot

1. 1. 64 ta oq va qora katakli taxta va 16 ta oq, 16 ta qora donalardan iborat sport o‘yini quroli. Shaxmat taxtasi. Shaxmat donalari. U ishga kelganida ham, ketayotganida ham qo‘ltig‘ida shaxmat yurganidan choyxonachi bu laqabni unga yopishtirgan. Guldasta

2. 2. Shu narsa (qurol) taxtasida uning donalari bilan muayyan qoidalar asosida bo‘ladigan sport o‘yini. Shaxmat musobaqasi. Shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasida respublika chempionati. Odamlar bo‘sh vaqtlarida shaxmat, domino o‘ynaydigan skameykaga o‘tirib olib, rosa gaplashdik. E. Raimov, Ajab qishloq
Mirmurodov darsdan bo‘shagan paytlarda mudirga shaxmat o‘rgatdi. Guldasta

3. ko‘chma hma Shaxmat taxtasi kabi katak-katak qilib ekish usuli. Shaxmat usulida ekilgan maydon. Shaxmat usulida ekish. [Komiljonlarning] Og‘zidan “shaxmat“, “kvadrat“, ilg‘or metod degan gaplar tushmayapti. I. Rahim, Ixlos

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.