Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shartta}
So‘z bo‘g‘inlari: shart-ta
Izoh(lar)i:
shartta ys

1. 1. Istihola qilib o‘tirmay, yuz-xotir qilmasdan, ro‘yirost, dangal. Bor gapni shartta gapiradigan odam. U [Asrora] xonasi kelganda hech kimni ayamasdi. Majlislarda, kimning kamchiligi bo‘lsa, shartta yuziga aytaverardi. S. Ahmad, Ufq
U [Elmurod] endi bo‘yni qisiq yetim emas. Endi unga bor gapni shartta aytib, ko‘ngilni xijolatdan bo‘shatish osonroq! P. Tursun, O‘qituvchi

2. ayn. yn. Shart IV. Qo‘shoq shartta o‘rnidan turdi-da, zarda bilan do‘qillab, chiqib ketdi. H. Shams, Dushman
Pochchayev shartta burilib, jo‘nab qoldi. A. Muxtor, Tug‘ilish

3. 3. O‘ylab, cho‘zib o‘tirmay. Iroda shartta muddaoga o‘tib qo‘ya qolgan edi, javobni ham naqd qilish kerak. F. Musajonov, Himmat
Turobovaga shartta ikki qo‘yib berdim. S. Siyoyev, Yorug‘lik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: shatta Tepib beriladigan zarb; tepki, tarsaki, shapaloq.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.