Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shart}
So‘z bo‘g‘inlari: shart
Izoh(lar)i:
shart ot

1. 1. Biror ish yoki masala yuzasidan yozma yoki og‘zaki o‘zaro kelishib olish, o‘zaro kelishuv. Shuning uchun Yo‘lchining iltimosiga darrov ko‘nib, shart bo‘yicha, Shoqosimga ovqat, yotish uchun juvozxona oldidan bir hujra berdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Bir-birimizdan sir saqlamaymiz. Xo‘pmi? Shart shu. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.

2. 2. O‘zaro shartlashayotgan yoki biror munosabatda bo‘layotgan tomonlardan birining boshqa tomonga nisbatan qo‘ygan talabi. Lekin shart — bizga astoydil, ixlos bilan xizmat qilasiz E. Raimov, Ajab qishloq
Pudrat usulining shartlariga muvofiq, bu mablag‘ning ancha qismi pudrat asosida ishlayotganlarga taqsimlab beriladi. Gazetadan
Qiz, “Poygada yutib chiqqan odamga tegaman, deb shart qo‘yibdi. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i. ertaga shaharga tush, nima shar-ting bo‘lsa, o‘sha yerda gapir. Oybek, Tanlangan asarlar

3. 3. Taqozo etuvchi narsa; talab. Hozirjavoblik — — Madaniyatli bo‘lishning eng birinchi sharti — soddalik, tabiiylik, — deb yubordim. F. Musajonov, Mehmonda
askiyaning asosiy shartidir. O‘TA
San’at turlarining uyg‘unlashuvi uchun umumiy uslubiy xususiyatlarning mavjudligi zaruriy shart hisoblanadi. Saodat

4. kesim vzf. zf. Qat’iy talab etuvchi; zarur. Bugun kelishingiz shart. Bu jang uzoqqa bormaydi. Lekin Xuroson qo‘shini shay bo‘lib turmog‘i shart! Mirmuhsin, Me’mor
Bolaga oila ham, maktab ham baravar tarbiya berishi shart. Gazetadan

5. taql. s. Biror narsaning urilishi yoki uzilishidan hosil bo‘ladigan ovozni bildiradi. Ikki-uch qamchidan so‘ng tolga bog‘langan tizgin shart etib uzilib ketdi A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Kampir yana g‘azabga keldi ko‘ylagining yoqasini shart yirtib yubordi. S. Ahmad, Hukm
Kuygan odam shart uradi soniga Hasanxon
Qizlardan uch-to‘rttasi Nozikni ta’qib etdi va shart-shurt bir-birining yalang‘och etiga urishib, shartak olishdilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon

6. Tez va keskin. Otamurod shart orqasiga burildi-yu chayla tomonga chopib ketdi. M. Mansurov, Yombi
Dildor shart o‘rnidan turdi-yu, eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi. S. Ahmad, Ufq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. shart I Ot
bajarilishi, qabul qilinishi lozim deb belgilangan talab

2. shart II Ot
kuch, quvvat (sharti ketib parti qolgan)

3. shart III Taqlid so‘zlar
keskin ovozga taqlidni bildiradi

4. shart IV Modal
zarur, lozim

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Agar – magar – basharti – mabodo – bordiyu
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Kerak – lozim – zarur – shart
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(uslubiy xoslanganlik darajasiga ko‘ra)

3. Mumkin – lozim – kerak – shart – zarur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.