1. rvsh. sh. Chelaklab quygandek, jadal (yomg‘irning yog‘ish tarzi haqida).
Munavvar navbatchilikdan bo‘shab, eshikdan chiqqanda, yomg‘ir sharros quyayotgan edi.
S. Anorboyev, Mehr
Tuni bilan sharros quyib chiqqan yomg‘ir tongotarga yaqin tindi.
S. Abduqahhor, Ushalgan orzu
Ko‘z yumib ochguncha, butun koinotni bulut qoplab, sharros yom/ir quyadi.
M. Nazarov, Jilvon jilvalari
2. ot ot Shu tarzda yog‘ayotgan yomg‘ir; jala.
Tomchilar yiltillab yo‘lka toshida, Bo‘lajak sharrosdan berardi xabar.
Shuhrat
3. rvsh. ko‘chma hma Tutilmasdan, duduqlanmasdan va tez.
Men eski jangnomalarni o‘qib o‘rganganim uchun Taraqqiy gazetasini sharros o‘qib ketaverdim.
M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
O‘zi tengi keladigan bir o‘spirinning shunday katta kitobni tutilmasdan, sharros o‘qiyotganiga hayron bo‘lib, og‘zi ochilib qoldi.
M. Osim, Tilsiz guvoh
Mehmon esa unga qarab, fors tilida sharros so‘zlab ketdi.
A. Hakimov, Ilon izidan