Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sharpa}
So‘z bo‘g‘inlari: shar-pa
Izoh(lar)i:
sharpa ot

1. 1. Quloqqa chalinar-chalinmas tovush. Toshpo‘latov poyandoz solingan uzun koridordan bamaylixotir kirib borar ekan, oyoq sharpasini eshitib, ichkaridan Xosiyat xola chiqib keldi. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Koridordan eshitilgan har bir sharpaga sergaklanib quloq solar edi. P. Qodirov, Uch ildiz

2. 2. Kimsa yoki narsaning g‘ira-shira, bilinar-bilinmas qorasi, ifodasi; shunday soya. Haligi fonarning xiragina nuri tushib turgan tosh yonida bir sharpa qimirladi. A. Muxtor, Tug‘ilish
Anhorning to‘g‘onlari oldida odamlarning xira sharpalari uymalashar H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Otabek ketiga burilib, tashqari yo‘lakdan kirguvchi dadasi bilan Hasanali sharpasini oldi va o‘ylanib to‘xtadi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. ko‘chma hma Dalolat beruvchi sezilar-sezilmas ifoda; belgi, alomat. Shu payt yuragim mudhish bir narsaning sharpasini sezganday bo‘ldi. Guldasta
Go‘zal bahorning sharpasi yer va ko‘kda, gul va yaproqda, o‘t-o‘lanlarda kezar edi. N. Safarov, Qayta tug‘ilish
O‘rtada adovatning xira sharpasi paydo bo‘lgandek tuyuldi. F. Musajonov, Himmat

4. 4. Yaltiroq narsa (masalan, ko‘zgu) orqali biror joyga tushgan shu’la, nur aksi. Shipda sharpa o‘ynay boshladi. Anorxonning sariq va ko‘k ro‘mollarigina shom qorasida sharpaday miltillardi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.