Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shariat}
So‘z bo‘g‘inlari: sha-ri-at
Izoh(lar)i:
shariat ot

1. din. Islom huquq tizimida: musulmonlarning Qur’on asosida ishlab chiqilgan diniy, jinoiy va fuqarolik qonun va qoidalari majmui. Shariat qoidalari. Yarashadigan bo‘lsangiz, shariat yo‘l topib beradi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Shariat hamma vaqt adolatni himoya qiladi. K. Yashin, Hamza
U Buxoroda madrasada o‘qib yurganda, shariat va tariqat ilmini yaxshi o‘rgangan, Quronni yod bilar edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Shariat – tariqat – ma’rifat – haqiqat
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvufiy bosqichlarning joylashuviga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.