1. 1. Pishib yetilgan ho‘l mevalardagi qand moddasi, shirinlik, shira.
Mevalar shira-yu sharbatga to‘lmoqda. Xorazm qovunlari shirinligi va sharbati bilan mashhurdir.
▬
Qorovul paxta gulli kosada anor sharbati keltirdi.
S. Siyoyev, Otliq ayol
bu yerlarga suv chiqarib, tok ko‘kar-tirilsa, hamma yoqni sharbatga to‘ldirish mumkin.
Mirmuhsin, Me’mor
2. 2. Mevalardan tayyorlangan shirin ichimlik.
Shu lahza Badia yana o‘rnidan turib, aravadagi xumchadan nimkosa sharbat olib keldi.
Mirmuhsin, Me’mor
[Behlul] Yelkasiga tashlagan dasturxonni yozib, barkashni mehmon oldiga surib qo‘ydi, keyin ikki kosada sharbat keltirdi.
M. Osim, Zulmat ichra nur
3. ko‘chma hma Go‘ng ivitilgan suv (o‘g‘it sifatida foydalaniladi).