1. 1. Faxrlanishga arziydigan narsa, yuksak qoniqish hissi; baxt, faxr, iftixor.
Shodlik bilan tug‘ilib, sharaf-u obro‘ bilan o‘tmoq — inson uchun baxt.
Mirmuhsin, Me’mor
Katta bilim dargohining talabasi bo‘lishdek sharafga muyassar bo‘ldim.
Gazetadan
Turkiston musulmonlarining huquqlarini mudofaa eta biladigan to‘rt-besh arbobi siyosat yetishsa, biz uchun sharaf emasmi?
Oybek, Tanlangan asarlar
2. 2. Biror ijobiy xislat, xizmat yoki talant tufayli xalq orasida taratilgan dong; shuhrat, shon.
Paxtakor qahramonlarga shon va sharaflar bo‘lsin!
▬
Yuksak oq oltin xirmoni bunyod etish uchun kurash — sharaf, obro‘ uchun kurashdir.
Gazetadan
Abdurahmonning otasi ulamo naslidan, ammo bu sharaf nima sabab bilandir uning otasiga nasib bo‘lmagan.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. 3. Sharaf (erkaklar ismi).