Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shar}
So‘z bo‘g‘inlari: shar
Izoh(lar)i:
shar ot

1. mat. at. Fazodagi berilgan nuqtadan (markazdan) muayyan uzoqlikda joylashgan nuqtalarning geometrik o‘rni: yarim doiraning o‘z diametri atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan geometrik jism. Sharning sirtini o‘lchash. Sharning radiuslari.

2. 2. Shunday shaklga ega bo‘lgan narsa. Ularning shakli ham qiziq: biri tuxumga, biri bilyard shariga o‘xshaydi, ba’zisi qayroq toshday uzunchoq va silliq. H. Nazir, So‘nmas chaqmoqlar
Ammo bo‘m-bo‘sh koridorda to‘satdan Zamira duch kelib qoldi. Ko‘z ko‘zga tushdi-yu, elektr sharlar chaqin chaqqanday bo‘ldi. P. Qodirov, Uch ildiz

3. 3. Bolalar o‘ynashi uchun ichiga havo yoki havoga nisbatan yengil gaz to‘ldirilgan, dumaloq shakldagi rezinka pufak. Shar yorildi. Avvalgi bayramlardagidek havoda rang-barang sharlar uchib yurmayapti. I. Rahim, Chin muhabbat

4. 1. 1 Gazmolning kuch bilan yirtilishidan hosil bo‘lgan tovushni bildiradi. Surp shar etib yirtildi.

5. 2. Suyuqlikning shiddat bilan oqishidan hosil bo‘ladigan tovushni bildiradi. U qozonga bir paqir suvni shar etkazib quyib yubordi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. shar I Ot
doira, kurra, dumaloq jism

2. shar II Taqlid so‘zlar
shiddat bilan yomg‘ir (jala) yoqqanda, gazmolni yirtganda, o‘roq o‘rganda chiqadigan tovushni bildiradi

Paronimi: mavjud emas.

Tilshunos, adib, tafsir va hadis olimi Mahmud az-Zamaxshariy(Abulqosim Mahmud ibn Umar ibn Ahmad) 1075- yil 18- martda Xorazmdagi Zamaxshar qishlog‘ida dindor dunyoqarashli oilada tug‘ilgan. Yoshligida ilm-fanning turli sohalari, arab tili va xattotlikni mukammal egallagan. Ustozi – til, lug‘at va adabiyot sohasida mashhur Abu Madar Isfahoniy. Ilmini oshirish maqsadida Buxoroga borib, u yerda shayxulislom Abumansur Nasr Xorisiy, Abu Sa’d Shaqqoniy va Abdulxattob ibn Abulbatrdan saboq oladi. Ma’lum muddat Xorazmshohlar xizmatida bo‘lib, so‘ngra Marv, Nishopur, Isfahon, Damashq, Bog‘dod va Hijozda, 2 marta Makkada bo‘ladi. Bu yerda arab tili grammatikasi, lahjalari, maqol va urf-odatlari, geografiyasinini o‘rganadi. Asarlarini Makkada yozganligi tufayli u Jorulloh (“Allohning qo‘shnisi”) degan sharafli nisbaga muyassar bo‘lgan.

Zamaxshariy arab grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, geografiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asar yozgan. Ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan. “Al-Mufassal” kitobi (“Grammatika bo‘yicha mufassal kitob” (1121) asari arab tili nahvu-sarfini o‘rganishda yirik qo‘llanma sifatida azaldan Sharqda ham, G‘arbda ham shuhrat topgan. Uning ixcham varianti “Al-Un-muzaj” (“Namuna”) nomi bilan ataladi. “Sibavayh kitobiga sharh” asari - mukammal manba. Otsiz Xorazmshohga bag‘ishlangan “Muqaddimat ul-adab” (“Adab ilmiga muqaddima”, 1137) asaridagi arabcha so‘zlar ostida forsiy va turkiy tarjimalarning berilishi o‘zbek tarixiy leksikologiyasi uchun qimmatli. Asar 5 ta katta qismga bo‘lingan – ot, fe’l, bog‘lovchi, ot o‘zgarishi, fe’l o‘zgarishi. Asarda o‘sha davr arab tilidagi barcha so‘zni qamrab olishga harakat qilingan. “Muqaddimat ul-adab” 1706- yilda Xo‘ja Ishoq afandi tomonidan usmonli turk tiliga tarjima qilingan.

“Kitob-al-jibol val-amkina val-miyoh” (“tog‘lar, joylar va suvlar haqida kitob”) asarida qimmatli geografik ma’lumotlar berilgan. “Asos ul-balog‘a” asarida notiqlik san’ati haqida so‘z boradi.

Qur’on tafsiriga bag‘ishlangan “Al-Kashshof” asari islom olamida mashhur.

Zamaxshariy ijodi A.Z.Validiy, Muhammad Kozimbek, A.Rustamov,U.Tursunov, U.Uvatov, Z.Islomov, M.Hakimjonov kabilar tomonidan o‘rganilgan.

1144- yilda hozirgi Ko‘hna Ugranchda vafot etgan.

1. yetti yashardan yetmish yashargacha: katta-kichik, hamma

1. Agar – magar – basharti – mabodo – bordiyu
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ifoda belgisining kuchliligiga ko‘ra)

2. Badbashara – xunuk – chiroyli – ko‘rkam – suluv –lobar –xushro‘y -go‘zal – ofatijon
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiy- ijobiylik belgisining ortiq-kamligiga ko‘ra)

3. Badnom – uyatli – sharmanda – sharmsor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortiqligiga ko‘ra)

4. Kerak – lozim – zarur – shart
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(uslubiy xoslanganlik darajasiga ko‘ra)

5. Masnaviy – musallas – murabba – muxammas – musaddas – musabba – musamman – mutasse – muashshar
Ma’nosiga ko‘ra
(bandlar miqdorining ortib borishiga ko‘ra)

6. Mumkin – lozim – kerak – shart – zarur
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

7. Shariat – tariqat – ma’rifat – haqiqat
Ma’nosiga ko‘ra
(tasavvufiy bosqichlarning joylashuviga ko‘ra)

8. Shir-shir – shur-shur – shar-shar
Ma’nosiga ko‘ra
(harakat miqdorining tez yoki sekinligiga ko‘ra)

9. Xunuk – badbashara – badburush – badqovoq – tasqara – bedavo – ta’viya – beo‘xshov – beso‘naqay – badsurat – nadomat
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(salbiylik bo‘yog‘ining ortib borishiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.