1. ayn. yn. Shiqildoq. Chaqaloqning shaqildog‘i.
2. esk. sk. Tungi qorovulning keskin silkitganda shaqillab ovoz chiqaradigan, ichi o‘yiq yog‘och asbobi.
[Yo‘lchiga] Hushtak, shaqildoq chalgan tanho qorovul ko‘lkalari unda-munda uchrab qolar edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Uxlab qolgan mirshab ham negadir uyg‘onib ketib, yana shaqildog‘ini shaqillata boshladi.
Mirmuhsin, Me’mor
3. ko‘chma hma Qattiq-qattiq ovoz bilan, shaqillab gapiradigan.
Ertasiga ular urug‘laridagi Savri shaqildoq degan xotinni aytib kelib, kinna soldirishdi. Mirmuhsin, Umid. — Qoch, deyman, ablah, qoch! Naq bo‘yningni uzaman, — deb o‘shqirdi amakisi. — Qoch, yashshamagur, qoch! —
▬
deb takrorladi shaqildoq kelinoyisi.
P. Tursun, O‘qituvchi