Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shapaloq}
So‘z bo‘g‘inlari: sha-pa-loq
Izoh(lar)i:
shapaloq ot

1. 1. Qo‘lning besh panja va kaftdan iborat qismi. — Ajab qilaman! — dedi Kumush va shapalog‘i bilan erining yuziga sekingina urib qo‘ydi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Zamon u yoq-bu yoqqa bir jalanglab olgandan keyin, bir shapalog‘ini og‘zi yoniga tutdi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

2. 2. Qo‘l, besh panja bilan (betga) urilgan zarba, tarsaki. Bir shapaloq urmoq. Iskandar, xuddi shapaloq yegan kishidek, turgan yerida bir irg‘ib tushdi. M. Osim, Iskandar va Spitamen
Isfandiyor she’rning oxirini eshitishga chidamadi. Avazning betiga shapaloq tortib yubordi. S. Siyoyev, Avaz

3. ko‘chma hma Qarshi harakat, zarba.

4. ko‘chma hma Shapaloqqa o‘xshash, shapaloq kabi. Baqaterak shapaloq-shapaloq barglarini qarsillatib sado berar J. Abdullaxonov, Oriyat
Uning shapaloq gulli qizil ko‘ylagi lovullar yonib ko‘rinardi. O‘. Hoshimov, Bir tomchi shudring

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: shapati , tarsaki [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.