1. yoki oki Shang‘i ovoz (tovush) Baland va qo‘pol ovoz, tovush.
Yo‘lning olisligini bildirmaslik uchunmi, Abiljon shang‘i ovozi bilan goh qo‘shiq aytar, goh hazilomuz gap qotib borar edi.
H. Nazir, O‘tlar tutashganda
Kimdir shang‘i tovush bilan: — Mulla Asad, hamqishlog‘ingizni chaqirib chiqing, ikkita ashula qilib bersin, — dedi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha.
2. 2. Shunday tovush bilan gapiradigan; baqiroq.
Shang‘i xotin.
▬
Sidiqjonning ko‘ziga qabr singari qop-qorong‘i va tor uy, qaynanasi singari o‘lgunday badjahl va shang‘i kampir ko‘rinib ketdi.
A. Qahhor, Qo‘shchi-nor chiroqlari
Shang‘i samovarchi jo‘mragi uchiga jez qoplangan choynakni bir piyola bilan do‘q etib qo‘yib ketdi.
Oybek, Tanlangan asarlar