Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shama}
So‘z bo‘g‘inlari: sha-ma
Izoh(lar)i:
shama ot

1. Damlab ichilgan choyning idish tagida cho‘kib qolgan qismi. Choynakka shama to‘lib qolibdi. — Samovarchilik o‘lgudek mayda ish. Suv olib kel, o‘tin yor, og‘iz-burning kulga to‘lib puflab, cho‘p tiqib tur, piyola,art, shamani to‘k — dedi samovarchi. Sh. Rizo, Qor yog‘di, izlar bosildi
Rixsi bir qo‘lida shamasidan suv silqib yotgan choynakni ushlaganicha, titrab o‘rtada turardi. S. Zunnunova, Gulxan

2. Biror narsaga ishora tarzidagi so‘z, gap; zamirida biror ma’no bo‘ladigan gap. Bu shamalarni O‘lmasoy sezadimi-sezmaydimi, bilish qiyin, ammo Abdukarim aslo fahmlamaydi. R. Rahmonov, Baxt bilan uchrashuv
Yigit shamani tushundi. Yuziga sezilar-sezilmas qizil yugurdi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. shama I Ot
ichilgan choyning cho‘kindisi

2. shama II Ot
piching, kinoya, pichingli ishora

Paronimi: shanba – [f] Haftaning jumadan keyingi, yakshanbadan oldingi oltinchi kuni.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Dang‘illama – hashamatli – serhasham – muhtasham
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgini kuchli ifodalashiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.