1. 1. Narsaning tashqi ko‘rinishi, sirtqi qiyofasi, ifodasi.
Uchburchak shaklidagi jism. Ayiq shaklidagi qoya. Shaklini o‘zgartirmoq. Biror shaklga kiritmoq.
▬
Deraza oynalariga turli shaklda qiyiq qog‘ozlar yopishtirilgan.
Oybek, Quyosh qoraymas
Do‘kondor ularga qalin kitob shaklida bir nimani tutqazdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
2. mat. at. Ma’lum ko‘rinish, qolipdagi narsa, figura.
Geometrik shakllar.
3. fiz. iz. Jismning holati, ko‘rinishi.
Muz suvning qattiq shaklidir.
4. 4. Mazmunning ifoda tomoni, tashqi ko‘rinishi, ifodalanishi.
Bu ajoyib asar-obidada ming-minglab o‘zbek oilalarining jasorati umumlashma shaklida ifodalangan.
Gazetadan
Yangi davr qo‘shiqlari an’anaviy shakllar tasvir vositalarisiz tug‘ilishi hamda yoyilishi mumkin emas edi, albatta.
O‘TA
5. ko‘chma hma Biror narsani amalga oshirish yo‘sini; usul.
Sen bilan ikkimiz ikki shaklda o‘ylaymiz.
▬
Paxta frontidagi ijobiy mehnat xilma-xil shakllar kasb etyapti.
H. G‘ulom, Ishonch
Adabiy aloqalarimiz yangi-yangi shakllar bilan boyidi.
Gazetadan