Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shakar}
So‘z bo‘g‘inlari: sha-kar
Izoh(lar)i:
shakar ot

1. 1. Lavlagi yoki shakarqamish o‘simligidan sanoat yo‘li bilan olinadigan oq-sarg‘ish rangli qumsimon shirinlik. Shakar sepilgan qatlama. Shirin so‘z shakardan shirin. Maqol
Holva yasamoqqa shakar kerakdir. Bezak ishlamoqqa zargar kerakdir. Yo, Mirzo

2. ko‘chma hma Shirin, mazali, totli. Shakar qovun.

3. ko‘chma hma Kishiga yoqadigan, yoqimli. Tili shakar qiz. Topolmayin yurur yorning o‘zini, To‘tiyo qiladi shakar so‘zini. Shirin bilan Shakar

4. 4. Shakar (xotin-qizlar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.