Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shahodatnoma}
So‘z bo‘g‘inlari: sha-ho-dat-no-ma
Izoh(lar)i:
shahodatnoma ot

1. 1. Biror o‘quv yurtini tamomlaganlik haqidagi rasmiy hujjat; guvohnoma. [Mirg‘iyos:] Shahodatnomamni olaman-u, uyga jo‘nayman. R. Azizxo‘jayev, Yashil chayla
O‘quvchilar slyotida shahodatnoma olgan 2000 dan ortiq yoshning 1600 ga yaqini ishlab chiqarishda qolish istagini bildirdi. Gazetadan

2. 2. Biror faktni, bo‘lib o‘tgan voqea yoki holatni tasdiqlaydigan rasmiy hujjat; guvohnoma. Insonni qadrlash, inson deb yashash — shudir buyuklikka shahodatnoma. Shukrullo. Mudira nikoh shahodatnomasini tantanali vaziyatda to‘ldirib, avval Feruzaga, keyin Norqo‘ziga ruchka tutib, qo‘l qo‘ydirdi. H. G‘ulom, Senga intilaman

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.