Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shaharcha}
So‘z bo‘g‘inlari: sha-har-cha
Izoh(lar)i:
shaharcha ot

1. Shaharliklarga xos. Bog‘ burchagidagi so‘rida shaharcha kiyingan bir yigit o‘tiribdi. A. Muqimov, Donishmand

2. 1. Kichik shahar. Tuganmas kabi ko‘ringan, iztirobli, suronli yo‘l kechga yaqin shaharchaga tutashdi. Oybek, Quyosh qoraymas

3. 2. Biror jihatdan birlashgan turarjoy va yordamchi binolar guruhi yoki shaharning alohida bir qismi. Akademik shaharcha. Universitet shaharchasi. Ishchilar shaharchasi.yash Sherbek turgan joy baland bo‘lgani uchun ham butun Akademiya shaharchasi kaftday ko‘rinadi. S. Anorboyev, Oqsoy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.