Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shafqatsiz}
So‘z bo‘g‘inlari: shaf-qat-siz
Izoh(lar)i:
shafqatsiz sf

1. Shafqat bilmaydigan, rahm-shafqati yo‘q; birovga achinmaydigan, rahm qilmaydigan, ayamaydigan, rahmsiz. H. Olimjon shafqatsiz dushmanni ayovsiz kurash bilan yengishga chaqirdi. N. Safarov, Olovli izlar
Boyoqish yigit nima qilsin, shafqat-siz, beomon taqdir yoshligidan qiynoqqa soldi. K. Yashin, Hamza
Kim u, nima u sevgi bilan mas’ud, sevgi bilan xushnud dillarni shafqatsiz nimtalagan, qon tizg‘itib timdalagan? M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

Sinonim(lar)i: ayovsiz , rahmsiz
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Berahm – shafqatsiz – qahrli – zolim
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining kuchliligiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.