Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {shaffof}
So‘z bo‘g‘inlari: shaf-fof
Izoh(lar)i:
shaffof sf

1. 1. Yorug‘lik yoki nurni yaxshi o‘tkazadigan; tiniq. Shaffof suv. Shaffof shisha. Shaffof may. Shaffof qog‘oz. Shishaning eng ajoyib xususiyati — bu uning shaffofligidir. Fan va turmush
Qalin o‘rmon ichidan yorib o‘tgan bir tutam nur oq qayinni, go‘yo ichidan yoritganday, shaffof qilib ko‘rsatar edi. A. Muxtor, Davr mening taqdirimda

2. 2. Nihoyatda musaffo, toza, tiniq. Osmon gumbazi artilgan shishadek shaffof. Saratonning saxiy quyoshi gulshan diyor uzra oltin sepini yoygan. H. Tojiboyev, Jasur qiz qishlog‘ida
Unutib bo‘larmi, aytingiz-chi o‘zi, Sut bilan emganing shaffof havoni? J. Jabborov

3. ko‘chma hma Gard-g‘ubor, ifloslikdan xoli; pok, toza. Mehri opaning ko‘zidan tirqirab yosh, ko‘ksidan sut keldi. Uni tongday shaffof, pok onaning qalbi boshlab keldi. R. Fayziy, Shohi darparda

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.