Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sevimli}
So‘z bo‘g‘inlari: se-vim-li
Izoh(lar)i:
sevimli sf

1. ayn. yn. Sevgili 1. Akramxon shu sevimli qizning seviklisi bo‘lishni istar, ammo bunday baxtga erishish oson emasligini bilardi. I. Rahim, Tinimsiz shahar
U [Zebo] sevib, sevimli bo‘lganidan mamnun edi, baxtiyor edi. Shuhrat, Shinelli yillar

2. Yoqtiradigan, yaxshi ko‘radigan, suyukli. Sevimli kasb. Sevimli musiqa. ▬ Anvar har kim uchun sevimli va xushmuomalasi barchaga baravar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Choy millionlab kishilarning sevimli ichimligidir. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.