Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sev} - ala ( So‘z yasovchi;Songa qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: se-va-la-moq
Izoh(lar)i:
sev fl

1. 1. Ishq-muhabbat tuyg‘usi bilan munosabatda bo‘lmoq; ko‘ngil qo‘ymoq, yaxshi ko‘rmoq. Jonginam, men senga ko‘rsatay vafo, Gullagan bahorim, seni sevaman. U. Ismoilov, Saylanma
Shu topdagina u [Alimardon] Muqaddamni sevganini, qattiq sevganini tushundi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Mehr-muhabbat, sadoqat ko‘rsatmoq; g‘amxo‘rlik qilmoq. Vatanni sevmoq. Onani sevmoq. Ona o‘z o‘g‘lini sevadi faqat H. Olimjon
Otam bo‘lmasangiz ham, meni otam muhabbati bilan sevgan sodiq va mehribon bir kishimsiz, ya’ni ma’naviy otam. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. 3. Yoqtirmoq, yaxshi ko‘rmoq. Musiqani sevmoq. Gulni sevgan tikanni ham sevadi. Nuri kiyinishni, bezakni sevar edi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.