1. 1. Ish, mashg‘uloti davriy ravishda amalga oshiriladigan vakolatli organlarning, sud yoki jamiyatlarning ish, yig‘ilish o‘tkazadigan davri.
Qonunchilik palatasining navbatdagi sessiyasi. Sudning sayyor sessiyasi.
2. 2. Birjalar faoliyatining tashkiliy shakli: kun davomida savdo qilish uchun belgilangan qat’iy vaqt.
Sessiyalardan oldin yoki keyin tuzilgan savdo bitimlari haqiqiy hisoblanmaydi va ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.
O‘zME
3. 3. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida: belgilangan vaqtlarda o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan imtihonlarni topshirish davri.
Qishki sessiya.
▬
— Bu metod hozir bizga ish bermaydi, — tushuntirdi Zokir yumshab. — Vaqt ziq. Gruppalarda muhokama qildirgunimizcha, sessiya yetib keladi.
P. Qodirov, Uch ildiz