Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sertashvish}
So‘z bo‘g‘inlari: ser-tash-vish
Izoh(lar)i:
sertashvish sf

1. 1. Tashvishi ko‘p; g‘oyat tashvishli, serxarxasha. Sertashvish ish. Ser-tashvish joy. Sertashvish asrda dunyoga kelding E. Vohidov

2. 2. G‘am-tashvishi ko‘p, tinib-tinchimas. Sertashvish odam, Biram sertashvish, biram sertashvishsanki, bolaginam! O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Soddagina chodirda yolg‘iz yashagan Navoiy dilgir, sertashvish edi. Oybek, Navoiy

3. 3. Tashvish ifodalaydigan; tashvishli. Diloromning sertashvish ko‘zlari bir zumda chaqnab ketdi. H. G‘ulom, Mash’al
Azmiddin Tal’atbeyning sertashvish yuziga sovuq ko‘zlariga qarab, o‘yga toldi. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.