Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sershovqin}
So‘z bo‘g‘inlari: ser-shov-qin
Izoh(lar)i:
sershovqin sf

1. 1. Shovqini ko‘p; shovqin-suronli. Sershovqin ko‘cha. Sershovqin sex. Mahkam Sirdaryo bo‘yidagi sershovqin, gavjum ishchilar shaharchasida katta bo‘lgan edi. P. Qodirov, Uch ildiz
Temirjon sershovqin, serqatnov yo‘lka bo‘shlab bemaqsad, beixtiyor borar ekan, hech narsa haqida o‘ylamaslikka urinardi. J. Abdullaxonov, Oriyat

2. 2. Shovqin chiqaradigan, shovqin ko‘taradigan. Shiorlar va gullar bilan bezatilgan katta zal sershovqin bolalarga to‘lib ketdi. O. Yoqubov, Kaptar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.