Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {serqatnov}
So‘z bo‘g‘inlari: ser-qat-nov
Izoh(lar)i:
serqatnov sf

1. Transport va yo‘lovchilar ko‘p qatnaydigan. Serqatnov ko‘cha. ▬ Temirjon sershovqin, serqatnov yo‘lka bo‘y-lab bemaqsad, beixtiyor borar ekan, hech narsa haqida o‘ylamaslikka urinardi. J. Abdullaxonov, Oriyat

2. Tez-tez keladigan; kunda-shunda. Serqatnov mehmon. ▬ Shundan so‘ng Poshsha xola bu yerga, ya’ni Yigitalining uyiga serqatnov bo‘lib qoldi. D. Nuriy, Osmon ustuni
Alixon redaksiyaga ayniqsa so‘nggi vaqtlarda ancha serqatnov bo‘lib qolgan edi. M. Xayrullayev, G‘urur

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.