1. belg. olm. lm. Shaxs yoki narsalarni, ularning belgisi, harakati va boshqalar jihatdan bo‘lgan turidan ajratib (yakkalab) ko‘rsatadi, shu tarzda belgilaydi.
Har to‘kisda bir ayb.
Maqol
Demak, bekor bo‘lmabdi qurbon, Har qurbonga bo‘lsin sharafshon!
H. Olimjon
Hoji bo‘lsa, har besh daqiqada ichkari tomonga quloq solib to‘xtar edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Ro‘zimboy elliklarni qoralagan, basavlat, har bilagi kelisopday polvon kishi edi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Fotima yangi ketmon bilan yer chopar, har urganda, yerning kindigini uzib olaman derdi.
T. Ashurov, Oq ot
2. 2. So‘roq olmoshlari va bir, narsa kabi ba’zi so‘zlar bilan birikib, belgilash olmoshining umumlashtiruvchi turiga mansub olmoshlarni hosil qiladi.
Har qanday tasodifning oldini olish kerak-da!
O. Mo‘minov, Xiyobondagi uch uchrashuv
Tilak tilar el duosida: Har qaysingiz bo‘ling mingga bosh.
H. Olimjon
Yomon odam bo‘lsangiz, meni har nima qilishingiz qo‘lingizdan kelar edi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
— Har kim o‘qiyversa, podani kim boqadi? — dedi achchiqlanib
Mirzakarimboy. Oybek, Tanlangan asarlar
Haydar ota, har nima bo‘lsa ham Ultarmaga borib, [Asrorqulni] ko‘rib kelay, deb yo‘lga chiqdi.
A. Qahhor, Asror bobo
3. 3. Vaqt, joy-makon bildiruvchi ba’zi so‘zlar bilan birikib, qo‘shma so‘zlar hosil qiladi:
har doim, har gal, har safar, har zamon va boshqalar Har vaqt juda ehtiyot bo‘lib muomala qilar edi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Har zamon yaqin-yiroqdan gadoy tovushi eshitiladi.
A. Qahhor, Bemor
[Gulnor] Har gal kampir bilan yolg‘iz qolarkan, darrov qizning holini so‘rardi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Sayhonlikni o‘rmon har yoqdan o‘rab olgandi.
Oybek, Quyosh qoraymas