1. 1. Ko‘p gapiradigan, ezma.
Sergap chol.
▬
Korfarmo Ahmad Chalabiy qirq yoshlarga borgan, yo‘g‘on, qanshari past, ko‘zlari o‘ynab turadigan sergap odam.
Mirmuhsin, Me’mor
Qiziq, shunday kamgap odam bilan sergap, ezma Sabohat xola qanday qilib qirq yildan ortiq birga turmush qilishgan?
Yu. Shomansur, Qora marvarid
2. salb. lb. Quruq gap, safsata sotishni yaxshi ko‘radigan, gap chaynaydigan; doim javrab yuradigan, vaysaqi.
Bizda ham sergap, quruq maslahat beradiganlar juda ko‘p, lekin amalda hech foyda yo‘q.
T. Obidov, Yusufjon qiziq