1. 1. Sochmoq, purkamoq, sachratmoq (suyuqliklar haqida).
Har oqshom ayasi hovliga ko‘loblatib suv separdi. Keyin rayhon isi bilan o‘tkir tuproq hidi butun hovlini tutib ketardi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Usta vishillatib atir sepgach, mijozining yuzini yelpib, so‘ng artib qo‘yadi.
E. Raimov, Ajab qishloq
2. 2. Bir tekisda sochmoq (kukun holidagi narsalar haqida).
Chuchvaraga murch sepmoq. Go‘shtga tuz sepmoq.
▬
Xolnisa yoziq xamirga bir oz urvoq sepdi-da, o‘qlog‘ini aylantirib, yana yoyishda davom etdi.
S. Nurov, Narvon
Bu odam shoshmasdan tuxumni archidi, hafsala bilan tuz sepib, og‘ziga soldi
A. Qahhor, Asarlar
3. q.x. .x. Bir tekisda tarqatib sochmoq; ekmoq (don-dun, urug‘, o‘g‘it va shu kabilar haqida).
Mehnat qilmay rohat ko‘rmas, urug‘ sepmay ekin o‘rmas.
Maqol
— Hoy chol, manavi yer o‘lgur shunday yotmasin Ozgina sabzi urug‘i sepib qo‘ysangiz-chi? — dedi To‘xtabuvi.
E. Raimov, Ajab qishloq
4. ko‘chma hma Tarqatmoq, sochmoq.
Yog‘du sepmoq.
▬
Kechaning oltin chechaklari og‘ochlar orasidan nur sepadi.
Uyg‘un, Asarlar
Keng, tekis ko‘chaga uzoqdan chiroqlar tuman ichida xira, sovuq nur sepadi.
Oybek, Tanlangan asarlar