1. Ko‘pincha yuz, bo‘yin, qo‘l terisida paydo bo‘ladigan sarg‘ish, qo‘ng‘ir, qoramtir rangli, shakli har xil bo‘ladigan mayda dog‘lar.
Mirzo Ismoilov qovoqlarining ustigacha sepkil bosgan, chuvakkina yuzini bujmaytirdi.
S. Karomatov, Oltin qum
Baland teraklar ostidagi oq uylardan birida burni ustiga besh-o‘nta sepkil sochilgan, jikkakkina qiz damodam ko‘zlarini mikroskopga qadaydi
Mirmuhsin, Nuqra