Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sep}
So‘z bo‘g‘inlari: sep
Izoh(lar)i:
sep fl

1. 1. Sochmoq, purkamoq, sachratmoq (suyuqliklar haqida). Har oqshom ayasi hovliga ko‘loblatib suv separdi. Keyin rayhon isi bilan o‘tkir tuproq hidi butun hovlini tutib ketardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Usta vishillatib atir sepgach, mijozining yuzini yelpib, so‘ng artib qo‘yadi. E. Raimov, Ajab qishloq

2. 2. Bir tekisda sochmoq (kukun holidagi narsalar haqida). Chuchvaraga murch sepmoq. Go‘shtga tuz sepmoq. Xolnisa yoziq xamirga bir oz urvoq sepdi-da, o‘qlog‘ini aylantirib, yana yoyishda davom etdi. S. Nurov, Narvon
Bu odam shoshmasdan tuxumni archidi, hafsala bilan tuz sepib, og‘ziga soldi A. Qahhor, Asarlar

3. q.x. .x. Bir tekisda tarqatib sochmoq; ekmoq (don-dun, urug‘, o‘g‘it va shu kabilar haqida). Mehnat qilmay rohat ko‘rmas, urug‘ sepmay ekin o‘rmas. Maqol
— Hoy chol, manavi yer o‘lgur shunday yotmasin Ozgina sabzi urug‘i sepib qo‘ysangiz-chi? — dedi To‘xtabuvi. E. Raimov, Ajab qishloq

4. ko‘chma hma Tarqatmoq, sochmoq. Yog‘du sepmoq. Kechaning oltin chechaklari og‘ochlar orasidan nur sepadi. Uyg‘un, Asarlar
Keng, tekis ko‘chaga uzoqdan chiroqlar tuman ichida xira, sovuq nur sepadi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. sep I Ot
Uzatilayotgan qizga ota-onasi beradigan bisot, mol

2. sep II Fe’l
Suyuq, mayda narsani bir tekisda sochmoq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. suv sepgandek: hech qanday tovushsiz

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: sep
Izoh: Qiz uzatishda unga ota-onasi tomonidan berib yuboriladigan mol, bisot Misol: Shul zamonda oltmish norni cho‘ktirib. Orta berdi Barchin suluv sepini. Manba: (“Alpomish” dostoni) Sinonim: Sarpo

sep