Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {seminar}
So‘z bo‘g‘inlari: se-mi-nar
Izoh(lar)i:
seminar ot

1. 1. Oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida talabalarning o‘quv rejasida belgilangan mavzularni qanchalik o‘zlashtirganliklarini aniqlash, ularning mustaqilligini oshirish maqsadida o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan mashg‘ulot. Seminar mavzulari tegishli professor-o‘qituvchilar tomonidan tuzilib, kafedra majlisida tasdiqlanadi. O‘zME

2. 2. Biror ilmiy muassasada, tashkilotda xodimlar malakasini oshirish, ilmiy yutuqlar va tajribani o‘rganish, ayirboshlash va tarqatish uchun o‘tkaziladigan yig‘ilish. Vrachlar seminari, Toshkentda yaqinda katta yozuvchilar uchun alohida, yosh yozuvchilar uchun alohida seminarlar tashkil etildi. N. Safarov. Olovli izlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.