1. ot ot Suvga qorganda, tez qotib, toshsimon massaga aylanadigan qurilish materiali; kukunsimon biriktiruvchi qurilish materiallarining umumiy nomi.
Yuqori navli sement.
▬
Sement, ohak, ganch, mixlarimizni — qurilishda zarur bo‘ladigan narsalarimizni — bo‘rondan, qumdan saqladik.
Sh. Rashidov, Bo‘rondan kuchli
Inki kunda sement ham topildi, buldozer ham, beton plitalar ham topildi.
S. Ahmad, Tog‘ afsonasi
2. sft. ft. Sement bilan suvalgan, tekislangan.
Sement poydevor. Sement suvoq.
▬
Yigitlar xarob stansiyaning keng sement zinasida non kavshab o‘tirisharkan, tasodifan buxorolik yigit kelib qoldi.
Oybek, Quyosh qoraymas
O‘ng qatordagi birinchi xonaga bog‘langan kattakon targ‘il sigir sement oxurni tili bilan yalashdan to‘xtab, shoxdor boshini ko‘tardi.
S. Anorboyev, Oqsoy
3. anat. at. Tishning o‘zagi va bo‘yni asosiy to‘qimasini qoplab turadigan suyaksimon modda.