Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sel}
So‘z bo‘g‘inlari: sel
Izoh(lar)i:
sel ot

1. 1. Shiddatli, kuchli yog‘in; jala. Tomchi — sel bo‘lmas, Dushman — el bo‘lmas. Maqol
May oyi tugab boryapti-yu, haliyam har kuni yom-g‘ir, har kuni sel. N. Aminov, Qahqaha
Bahor-da qattiq sel yog‘ib, dala betini qatqaloq qopladi. Gazetadan

2. 2. Tog‘li hududlarda shiddatli yomg‘irdan, jaladan yoki qor erishidan hosil bo‘ladigan, aholiga, xalq xo‘jaligiga katta zarar keltiradigan kuchli loy-suv oqimi. To‘satdan kelgan sel oqimi Tollimarjon bosh korpusida qurilayotgan kotlovanga urilib, ishni taqqa to‘xtatib qo‘ydi. Gazetadan
Sel yuvib ketgan yoki yozning qattiq girdoblari yalagan taqir yerlarning mayda toshlari oyoq ostida g‘ijirlardi. S. Ayniy, Qullar

3. 3. Go‘shtning suvi, qoni. Seli bilan qovurilgan jigar. Ha, mulla aka, quling o‘rgilsin kabob bor, yeysizmi? Seli jizillab turibdi. Oybek, Ulug‘ yo‘l
Necha bor e’tibor bergandirsiz, har qanday go‘sht tuzlanganda, seli chiqib ketadi. K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari

4. ko‘chma hma Quyoshning kuchli harorati; quyosh nuri oqimi. Quyosh seliga miriqib cho‘milgan yam-yashil dala barq uradi. J. Abdullaxonov, Oriyat
Osmon beg‘ubor, tiniq, oftob seli go‘dak kulgisiday yoqimtoy edi. O. Yoqubov, Ko‘hna dunyo

5. ko‘chma hma Sel tomchilari kabi shiddatli va behisob. Miltiqlardan o‘q seli yog‘dirilib, ura sadolari qum sahrosini larzaga keltirdi. J. Sharipov, Xorazm

6. ko‘chma hma Biron-bir voqea-hodisaning, jarayonning kuchli, ko‘paygan holati, oqimi. G‘am seli. Elmurod shunday o‘ylar selida g‘arq bo‘lib, uyqusi qochdi. Shuhrat, Shinelli yillar
Yoshi yigirma ikkiga qadam qo‘yganda, Beruniyni ham hodisalar seli yumalatib, o‘zi bilan birga janubga olib ketdi. M. Osim, Jayxun ustida bulutlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: jala
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Yomg‘ir – jala – sel
Ma’nosiga ko‘ra
(yog‘in shiddatiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.