Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sektor}
So‘z bo‘g‘inlari: sek-tor
Izoh(lar)i:
sektor ot

1. mat. at. Doiraning yoy va ikki radius bilan cheklangan qismi va shu shakldagi narsa. Sektor yuzini o‘lchamoq. Doira sektori.

2. esk. sk. Yaxlit bir hududning ma’lum radius va chegaralar bilan cheklangan qismi, alohida ajratilgan hudud. Mudofaa sektori. Chilonzorning yettinchi sektori. Shahar besh sektorga bo‘lingan. Gazetadan

3. 3. Ba’zi idora va muassasalarning muayyan faoliyatga ixtisoslashgan bo‘limi. Kadrlar sektori. Lug‘atshunoslik sektori. Tozalik sektori yotoqxonaning ichi va tashqarisidagi ishlarga yaxshi rahbarlik qilyapti. Saodat

4. 4. Xalq xo‘jaligining muayyan iqtisodiy va ijtimoiy belgilar bilan ajralib turadigan qismi, sohasi. Xususiy sektor. Davlat sektori.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.