Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sehrli}
So‘z bo‘g‘inlari: sehr-li
Izoh(lar)i:
sehrli sf

1. 1. Sehrlash, mo‘jiza yaratish xususiyatiga ega, sehrlovchi; sehrlangan. Sehrli tayoqcha Shunday bo‘lgach, sehrli qalpoqchaning yordamiga muhtojman. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
— Men bir sehrli buloq topdim, — dedi yigit. Ertaklar

2. ko‘chma hma Maftun etuvchi, maftunkor, fusunkor, o‘ziga jalb etuvchi. [Gulnor] Bir yoz kechasi to‘lin oyning sehrli nurida, mana shu teraklar ostida Yo‘lchini kutmaganmidi? Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.