1. 1. Sehr bilan o‘zi yoki boshqalarni har xil qiyofaga kirituvchi; afsungar, jodugar (ertak va afsonalarda).
Chiroyli yigit qiyofasiga kirib olgan sehrgar Iblis, sevgilimni qo‘ltiqlab ketayotganini ko‘rib, yonib ketdim.
X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
U sehrgar bir dumalab, chumchuq qiyofasiga kirdi-da, pir etib uchib ketdi.
Oltin beshik
2. ko‘chma hma Maftun qilib, o‘ziga bog‘lab oluvchi; fusunkor.
Sehrgar ko‘zlar. Sehrgar qiz.
▬
Radiodan dutor sadosi taralar, sehrgar kuy Temirjonning qalbiga kirib borar, uning yuzida ma’sum latofat uyg‘otardi.
J. Abdullaxonov, Oriyat