Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sehr}
So‘z bo‘g‘inlari: sehr
Izoh(lar)i:
sehr ot

1. G‘ayritabiiy kuchlar, sehrli afsun va duolar yordamida mo‘jiza yaratuvchi harakat va duolar; afsun, jodu. Devlar buni sezib, sehr bilan bitta tayoqni dutorga, qovun po‘chog‘ini doiraga aylantirib, maftun qiluvchi kuy chalib, qo‘shiq ayta boshlabdilar. Oltin beshik
O‘g‘lingizning bu ishi bejiz emas: marg‘ilonlik sehr qildimi, jodu qildimi, haytovur, siz shu yo‘sinda yura bersangiz, erta-indin o‘g‘ildan ajralasiz. A. Qodiriy, Utgan kunlar
Deydilarki, sening ko‘zlaring Afsungarmish, sehr etarmish. R. Parfi, Ko‘zlar

2. ko‘chma hma So‘z yoki xatti-harakatdan kelib chiqadigan maftunkorlik, fusunkorlik, joziba. Kuy sehriga berilmoq. ▬ Ko‘p zahmat so‘ngida anglab yetoldim Ustoz Alisherning buyuk sehrini. E. Vohidov
Alimardon o‘z ovozining sehri butun to‘yxonani rom etganini sezib, zavq bilan ashula ayta boshladi. O‘. Hoshimov, Bahor qaytmaydi

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: afsun [a][f]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.