Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sayra} - t ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: say-rat-moq
Izoh(lar)i:
sayra fl

1. 1. Yoqimli ohangdor ovoz chiqarmoq, xonish qilmoq (qushlar haqida). Atrofiga ekkan toza shamshod gul, Har shoxida sayrab o‘tirar bulbul. Ravshan
Tolda chumchuq sayraydi, Tol bargini chaynaydi, Tol bargi achchiq ekan, Yurakka sanchiq ekan. Xalq durdonalari
Hovlidagi yong‘oqning tepa shoxiga qo‘nib olgan zarg‘aldoq biyov-biyov deb sayrardi. M. Mansurov, Yombi

2. ko‘chma hma Yoqimli, shirali ovozda qo‘shiq aytmoq. Sozandalar jo‘rida xushovoz xonanda bulbuldek sayrardi.

3. 3. Yoqimli, jarangdor ovoz chiqarmoq (musiqa asbobi haqida). Dutorimning torlari qo‘sh bulbuldek sayraydi. Qo‘shiqlar

4. ko‘chma salb. lb. Tinmay gapirmoq, vaysamoq, javramoq. Jo‘ralari orasida shirin suxanlik bilan tanilgan Olimxon sayrayverdi. Oybek, Tanlangan asarlar
— Juda sayrab yubordingiz, bekam! — dedi iljayib Zavrak, — sizni bir qadrdon singlim deb hurmat qilib gapirmoqchi bo‘lgan edim. Mirmuhsin, Me’mor

5. ko‘chma hma Tez, shiddat bilan ovoz chiqarmoq (pulemyot, minomyot, avtomat va shu kabilar haqida) Bir zumda pulemyotlar sayrab ketdi. J. Sharipov, Xorazm

6. ko‘chma hma Ko‘zni quvontirmoq. U [qizim] tikkan mahsilarni qo‘lingga ol-u, tomosha qil — sayraydi-da. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.