Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {sayr}
So‘z bo‘g‘inlari: sayr
Izoh(lar)i:
sayr ot

1. Osuda yerlarda, oromgoh, sayrgohlarda aylanib yurish, tomosha qilish, orom olish. Bog‘ sayri. Gul sayri. ▬ Qolmay shaharda toqatim, Qishloq chiqardim odatim. Xohi yayov, bo‘lsin otim, Goh sayr ham darkor ekan. Muqimiy
Har navbahor bu ko‘kalamzorga hirotliklar ot-aravada chiqib, bir-ikki kun sayr etib, hordiq chiqarib qaytishardi. Mirmuhsin, Me’mor
Chaman bulbullaridek sayr etib gulzor-u bog‘larda, Hamisha yayrab erkinlikda parvoz etgali keldik. Habibiy, Devon
Qilmadim bir bor o‘shal gul yuzli zebo birla sayr, Qonmagay dil, aylasam ming bitta Laylo birla sayr. E. Vohidov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.